«Samarqand IT-PARK» markazida talaba yoshlar va blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

16.03.2021, 17:44

«Samarqand IT-PARK» markazida talaba yoshlar va blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan «Samarqand IT-PARK» markazida talaba yoshlar hamda «Yosh blogerlar» bilan partiya xodimlari o‘rtasida erkin muloqot o‘tkazildi.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari kabi mamlakatimizda ham raqamli iqtisodiyotga o‘tish suratlari tezlashib borayotganini yaqqol ko‘rinib turibdi.

IT-Parkda  axborot texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar soni kundan kunga ortmoqda.

Bugungi kunda ko‘plab yoshlar uyda o‘tirib internet orqali tarjimonlik, dizaynerlik, dasturlash, reklama, o‘quv kurslari kabi xizmatlar ko‘rsatayotganligi yoshlikka xos g‘ayrat, shijoat, yangi g‘oya va tashabbuslarni sohalarga yo‘naltirish yaxshi samara bermoqda.

Shundan kelib chiqib, axborot texnologiyalari sohasida ham yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar jadal olib borilayapti.

- Markazda istalgan kishiga IT sohasidagi fan va kasblarni o‘rganish imkoniyatini berdi: kompyuter savodxonligi, dasturlash va web dasturlash, robototexnika, IT-ingliz tili, SMM, kibersport turlari va boshqalarni 200 ga yaqin yoshlar o‘rganib kelmoqda, - deydi «Samarqand IT-PARK» markazi menedjeri Temur Doliyev.

Yaxshi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, daromadlarini oshirishmoqda, negaki bugun raqamli xizmatlar ya’ni masofadan ko‘rsatilayotgan xizmatlarga talab katta.

Uchrashuvda asosiy e’tibor Yoshlar qanoti a’zolari safinini kengaytirish va Yosh blogerlar bilan erkin muloqot o‘tkazish va mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan o‘zgarishlar va bunyodkorlik ishlari, yoshlarga oid davlat dasturining ijrosi ta’minlash, eng asosiysi O’zLiDeP safida yoshlarning o‘rnini kenggaytirishga qaratildi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    964
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+