“Deputatlar va tadbirkorlar muloqot forumi”da paxtaobdlik tadbirkorlarning muammolariga yechim topildimi?

27.03.2021, 13:36

“Deputatlar va tadbirkorlar muloqot forumi”da paxtaobdlik tadbirkorlarning muammolariga yechim topildimi?

Muxayyo Mamatqulova Paxtaobod tumani, Arab qishlog‘i, “Madaniyat” mahallasida istiqomat qiladi. Xususiy tibbiyot sohasidagi islohotlar fuqaroni befarq qoldirmaydi. Bolaligidan tadbirkorlikka bo‘lgan ishtiyoqi ulg‘aygani sari aniq maqsadga aylangani ham shundan. Tumanda xususiy tibbiyotga ehtiyoj yuqori. Shu sababdan ham M.Mamatqulova ezgu tadbirga qo‘l urdi. Yashish hududidagi qishloq xo‘jaligi kasb-hunar maktabiga tegishli bo‘sh turgan foydalanilmay turgan binoni Turkiyalik xamkorlar bilan xamkorlikda zamonaviy tibbiyot klinikasi tashkil etish uchun mo‘ljalladi. Biznes loyiha tayyorlanishi uzoqqa cho‘zilmadi. Birgina binoni rasmiylashtirish ishi qoldi, xolos. Yetarli mablag‘ bor, loyiha tayyor, hujjatlar bor, ammo birgina binoning rasmiylashtirishi maslalasi tadbirkorni qiynab yubordi. Sarsongarchiliklardan charchagan M.Mamatqulova O’zLiDeP Paxtaobod tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Tadbirkorlar va deputatlar muloqot forumi”ga kelib adashmaganini his qildi. Zamonaviy klinika bunyod etishdagi mavjud muammo yuzasidan tadbirkorga tuman adliya bo‘limi mutasaddisi ko‘makka keldi. Mo‘ljallanayotgan mazkur binoni rasmiylashtirishda amaliy yordam berilishi belgilandi.

Yolgizbog mahallasidan forumda ishtirok etayotgan Boxodirjon  Nazirov o‘zi yashab turgan uyda paypok ishlab chiqarish maqsadida kichik tseh tashkil qilmoqchi. Biznes loyihasi tayyor. Farzandining nomidagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi sertifikat faoliyatni olib borishda mavjud to‘siqlarni bir qadar bartaraf etadi. Biroq muammo mablag‘ maslasiga kelganda, fuqaroning bosh qotdi. O’zining yiqqan-terganlari faoliyatning bir tomonini yopsa, ikkinchi tomoni ochiq qolayotgani yomon-da. Forumda mazkur muammo yuzasidan partiya tuman Kengashidagi deputatlik guruhi a’zolari tomonidan amaliy ko‘mak berilishi belgilandi. Kredit olinishi uchun zaruriy hujjatlar tayyorlanib, tijorat bankining tuman filialiga taqdim etildi.

O`zLiDeP Paxtaobod  tuman Kengashi tomonidan “Mustaqillik – tadbirkorga imkoniyat!” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu forumda ishtirok etgan tadbirkorlar, tadbirkorlik qilish istagini bildirgan yoshlar tuman mutasaddi tashkilotlari mas’ullari hamda deputatlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.

Feruzaxon MIRZARAHIMOVA,

O’zLiDeP Paxtaobod tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    413
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+