O’zLiDePning “Yosh innovatorlar va texnologlar” ko‘rik-tanlovi loyihasi doirasida muloqot o‘tkazildi

05.04.2021, 19:41

O’zLiDePning “Yosh innovatorlar va texnologlar” ko‘rik-tanlovi loyihasi doirasida muloqot o‘tkazildi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti” O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bilan bilan hamkorlikda “Yosh innovatorlar va texnologlar” ko‘rik-tanlovi loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur loyiha O‘zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish hamda innovatsion faoliyatni, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, mazkur sohada istiqbolli yutuqlarni targ‘ib qilish shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini joriy etish va yanada samarali qo‘llashga e’tiborni kuchaytirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Uchrashuvda “Yosh innovatorlar va texnologlar” ko‘rik-tanlovi loyihasining  maqsadi, nomzodlar uchun tayyorlanadigan  kerakli hujjatlar, ko‘rik-tanlovni tashkil etish qoidalari va tartiblari tanishtirildi va yoshlarning fikr va takliflari ham tinglandi.

Mazkur dargohning o‘quvchilari tomonidan innovatsion g‘oyalar asosida  loyihalar  ishlab chiqilib, zamonaviy bilimga ega talaba yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular turli tanlovlarda ishtirok etib, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda zarur dasturlarni ishlab chiqmoqda.

 Muloqot davomida filial talaba yoshlari tomonidan yaratilayotgan innovatsion loyihalarning ahamiyati bo‘yicha ham yoshlarning fikr va takliflari tinglandi. 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati  

  • Ko'rildi
    500
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+