Yosh kadrlarni tanlab olish va sohadagi korrupsion xolatlarga barham berish masalasi muhokama qilindi

24.07.2021, 16:14

Yosh kadrlarni tanlab olish va sohadagi korrupsion xolatlarga barham berish masalasi muhokama qilindi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Yoshlar qanoti” tomonidan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. “Yoshlar bilan” loyihasining navbatdagi sonida Yosh kadrlarni tanlab olish va sohadagi korrupsion xolatlarga barham berish masalasi muhokama qilindi.

Prezidentimiz Yoshlar kuniga bag‘ishlab 30 iyun kuni o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida yosh kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tarbiyalashga qaratilgan siyosatimizni qat’iy davom ettirishimiz, xorijdagi nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan ko‘plab iqtidorli va yuksak bilim va malakaga ega bo‘lgan yoshlarimizning Vatanimizga kelib ishlashlari uchun sharoitlarni yaratib berish hamda ularni rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida belgilash, ularga uy-joy ajratish, munosib maosh to‘lash bo‘yicha yangicha tizim yaratilishi zarurligi belgilangan edi.

Shuningdek, yosh kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tarbiyalashga qaratilgan siyosatimizni qat’iy davom ettirish, buning uchun, viloyat, tuman va shahar kengashlari har yili hokim, vazir, idora va bank rahbarligiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasini tasdiqlash, joriy yildan boshlab, bunday iqtidorli yoshlarimiz “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chet ellarda stajirovka o‘tashi, shuningdek, respublikamizda ishlayotgan, xalqaro nufuzli reytinglarda mingtalikka kirgan oliygohni tugatgan va chet elda ilmiy ish qilgan yosh mutaxassislarga qo‘shimcha haq to‘lanishi alohida qayd etilgan edi.

Bundan tashqari, har bir viloyat hokimi va vazir yil boshida o‘z hududi va tizimiga ana shunday yosh mutaxassislarni ishga olib kelish rejasini tasdiqlashi hamda ularga beriladigan ish haqi, uy-joy va rag‘batlantirish bilan bog‘liq masalalarni hal qilinishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, partiya yoshlar parlamenti a’zolari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan yosh kadrlarga bo‘lgan yuksak e’tiborning Vatan tarqqiyotida juda muhim ahamiyatga ega ekanligi, yuqori salohiyatga ega kadrlarni joy-joyiga qo‘yish masalasi iqtisodiy yuksalishimiz uchun bugungi kunda zarurligi ta’kidlandi.

Yosh kadrlar zahirasining yaratilishiga yuqori darajada e’tibor berilishi va davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi yoshlarni kelajakka bo‘lgan ishonchini orttirishi hamda katta mas’uliyat yuklashi yoshlar tomonidan bildirildi.

Tadbir yakunida yosh kadrlar zahirasini yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun sharoitlar yaxshilash maqsadida vazirlik va idoralar bilan birgalikda harakatlar rejasi ishlab chiqilishiga kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    456
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+