Inson qadrini yuksaltirish uchun ovoz bering!

27.09.2021, 16:39

Inson qadrini yuksaltirish uchun ovoz bering!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva bugun saylovchilar bilan kechadigan uchrashuvlarini Ohangaron shahrida davom ettiradi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva saylovchilar bilan uchrashish maqsadida Ohangaron shahridagi 6-son Bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurdi.

Ohangaron shahridagi 6-son Bolalar musiqa va san’at maktabining anjumanlar zalida tashkil etilgan uchrashuvda faollar, mahalliy aholi vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvni partiya viloyat Kengashi raisi To‘lqin Fayziyev ochib, yig‘ilganlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyevani tanishtirdi.

Shundan so‘ng so‘z olgan partiya nomzodining Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva tadbir qatnashchilariga Shavkat Mirziyoyevning inson qadrini yanada yuksaltirish eng ustuvor yo‘nalish etib belgilangan saylovoldi dasturi haqida bandma-band, batafsil ma’lumotlar berdi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva partiyadan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida vatanimizni yanada ravnaq toptirishga, xalqimiz salohiyatini to‘laroq ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan maqsadlar, vazifalarni ilgari surganini ta’kidladi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini mamnuniyat bilan to‘lqinlanib gapirisharkan, Yangi Ohangaron shahri taraqqiyoti uchun Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    858
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+