Ishonchli vakil samarqandlik saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarni tushuntirdi

27.09.2021, 16:47

Ishonchli vakil samarqandlik saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarni tushuntirdi

Samarqand shahridagi 3–musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda nuroniylar, mahalla tizimi vakillari va yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi raisi Farmon Ochilov ochib berdi. Tadbirda so‘z olgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning viloyatdagi ishonchli vakili Rustam Xolmurodov tomonidan nomzodni tarjimai holi, saylovoldi dasturi ayni kunga qadar olib borgan siyosiy faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Xususan, o‘tgan davrda nomzod tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilgan izchil islohotlar, shuningdek, viloyatning barcha sohalaridagi ulkan o‘zgarishlar  Shavkat Mirziyoyev faoliyatning mahsuli ekanligi alohida ta’kidlandi.

Jumladan, Samarqand shahrida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, nomzodning qat’iy irodasi va yuksak tashkilotchilik salohiyati tufayli xalqni rozi qilish, kambag‘allikni kamaytirish vazifasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini, ushbu muammoni yechishda o‘ziga xos yondashuv va ish uslublari shakllanganligini, “Temir”, “ayollar”, “yoshlar” va “mehr” daftarlari asosida aniq reja va dasturlar ishlab chiqilib, bugungi kunda hayotga faol joriy etilayotganligini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Shuningdek, saylovoldi dasturdagi mahalla tizimining huquq va vakolatlari kengaytirilib, moliyalashtirish manbalari va tartibi takomillashtirilishi, mahallada fuqarolar uchun davlat va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, davlat organlariga mahalladan turib murojaat qilish imkoniyati yaratilishi xususidagi bandlar mazkur tizimdagi yanada kengroq qulayliklarga yo‘l ochishini qayd etdi.

Tadbirda xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxodir Rahmonov so‘zga chiqib, barchani Shavkat Mirziyoyevning nomzodini qo‘llab quvvatlashga chorladi.

- Jamiyatning asosiy taraqqiyot omili ilm-ma’rifat. Oqilona siyosatning asosiy omillaridan biri esa maqsadga muvofiq strategik harakatlar. Bularning barchasi xalqparvar inson, davlat va jamoat arbobi Shavkat Mirziyoyevga mujassamlashgan.

O’zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida amin bӯldimki, bizni saodatli, shonli kelajak kutmoqda. Eng ahamiyatlisi bu gaplar shunchaki gap emas, hammasining amaliy isboti, tahlili va faktu raqamlardan iborat dalillari bor.  Uchrashuvda nomzod kelgusi besh yilda Samarqand viloyatini rivojlantirish uchun alohida dastur reja ishlab chiqilgan bo‘lib, davlat hisobidan 41 trillion so‘m yo‘naltirilishini ta’kidladi. Dasturdagi har bir band inson qadrini ululg‘lashga qaratilgan, - dedi xalq deputatlari shahar kengashi deputati Baxodir Raxmonov.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar Shavkat Mirziyoyev nomzodini qullab-quvvatlashini ma’lum qildi. Tadbirda xorijiy kuzatuvchilar ham ishtirok etishdi.

O’zLiDeP Samarqand  viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    247
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+