Ishonchli vakil Kattaqo‘rg‘on shahridagi saylovchilar bilan uchrashdi

29.09.2021, 17:06

Ishonchli vakil Kattaqo‘rg‘on shahridagi saylovchilar bilan uchrashdi

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatidagi Ishonchli vakili Rustam Xolmurodov Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda ishonchli vakil so‘zga  chiqib, nomzodning tarjimai holi va siyosiy faoliyati, Samarqand viloyatida hokim bo‘lgan kezlarida hududda amalga oshirgan ijobiy ishlariga alohida to‘xtaldi.

Nomzodimizning o‘tgan 5 yilda mamlakatimizda  ta’lim, sanoat, iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi sohasida ulkan o‘zgarishlarning islohatchisi ekanini qayd etar ekan, nomzodning keyingi 5 yillikka mo‘ljallangan dasturida avvalo inson omili, inson qadrini ulug‘lash eng ustuvor vazifa etib belgilanganligini alohida ta’kidladi.

- Men o‘tgan davrlarni ko‘rgan inson sifatida aytamanki, oldinlari faqat xalq  tushunchasi bor edi, - deydi Rustam Xolmurodov. -  Lekin bu xalqning ichida aniq insonlar, ko‘rsatilgan manzillar yo‘q edi. Xalq  umumiy va mavhum tushunchaga aylangandi. Lekin keyingi besh yildagi islohotlar aniq Insonga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega. Tarixda birinchi marta majburiy mehnat butunlay tugatildi. Inson qadri, huquqi ta’minlandi. Hayot sifati ortdi. Insonning qalbiga quloq tutildi. Insonning farzandi uchun bilim olish imkoniyati yaratildi. Inson uchun ish o‘rni ochildi. Ehtiyojmandlarga uy-joy ajratildi. So‘z erkinligi berildi. Mamlakatda butunlay tugatilgan tizim sanoat korxonalari barpo etildi. Markaziy Osiyo bir butunligiga tamal toshi qo‘yildi. Toshkent diplomatiyasi tushunchasi paydo bo‘ldi. O’tgan besh yil tarixga tiklanish va taraqqiyot yillari bo‘lib kirishiga ishonaman.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar,   o‘tgan davrda yurtimizda amalga oshirilgan islohatlar har bir yurtdoshimizning hayotida ijobiy o‘zgarishlar yasaganligini qayd etdilar.

Ishonchli vakilining Kattaqo‘rg‘on shahridagi saylovchilari bilan muloqoti  ko‘tarinki ruhda  o‘tib, taassurotlarga boy bo‘ldi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    259
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+