Ishonchli vakil Kattaqo‘rg‘on tumanidagi saylovchilar bilan uchrashdi

30.09.2021, 16:17

Ishonchli vakil Kattaqo‘rg‘on tumanidagi saylovchilar bilan uchrashdi

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakil Rustam Xolmurodov Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabida saylovchilar bilan  uchrashdi.

Tadbirni O’zLiDeP Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi Ro‘zimurod Jo‘rayev ochib berdi.

Uchrashuvda Ishonchli vakil so‘zga  chiqib, nomzodning siyosiy faoliyati haqida gapirar ekan, o‘tgan 5 yil davomida yurtimizda ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, kommunal va ijtimoiy sohalarda  amalga oshirilgan ulkan islohotlar bugun o‘z mevalarini berayotganligini ta’kidladi. Mahalla mavqeini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish borasida O’zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilgan yangicha yondashuv bugun nafaqat xalqimiz balki dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotganligini qayd etdi.

Tadbirda so‘z olganlar  bugun nafaqat shahar  va tuman markazlari, balki chekka qishloq va mahallalarning qiyofasi o‘zgarishi, tadbirkorlikning rivojlanishi, markazdan olis hududlarda ham ishchi o‘rinlarining yaratilishi, davlat tomonidan ona va bola ijtimoiy himoyasi, nuroniylarga e’tibor aynan Shavkat Mirziyoyev nomi bilan bog‘liqligini alohida e’tirof etishdi.

Jumladan, mehnat faxriysi Qamariddin Ahmedov so‘zga chiqib, o‘tgan davr mobaynida nuroniylarga alohida e’tibor qaratilganligi, keksalarning har ishda maslahatini olish, ularni ijtimoiy himoyalash, yoshga doir nafaqalarini naqd pulda o‘z vaqtida yetkazish, keksalik nafaqaga chiqib ish faoliyatini davom ettirayotgan nuroniylarga oylik maoshi va nafaqa pullari to‘liq to‘lovini amalga oshirish, imtiyozli tarzda salomatligini tiklash uchun sanatoriylarda dam olish kabi islohatlarda zamirida ham insonni ulug‘lash kabi g‘oyalar mujassamligini ta’kidladi.

- Men kelgusi 5 yillikda  mamlakatimiz taqdiriga befarq emasman, men 24 - oktabr kuni o‘tkaziladigan saylovda “Inson qadri uchun” ovoz beraman va barcha kattaqo‘g‘onliklarni Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab quvvatlashga chaqiraman,- dedi Q.Axmedov.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    274
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+