Dasturdan aniq rejalar, ulug‘ maqsadlar o‘rin olgan

30.09.2021, 16:21

Dasturdan aniq rejalar, ulug‘ maqsadlar o‘rin olgan

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyati bo‘yicha ishonchli vakili, senator Enaxon Sidiqova Quvalik saylovchilar bilan uchrashdi.

Tumandagi 19-bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda Ishonchli vakil tomonidan nomzodning saylovoldi dasturining muhim yo‘nalishlari aytib o‘tildi.

Xususan, dasturda aniq rejalar, ulug‘ maqsadlar, ya’ni, O’zbekistonni rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqish uchun ko‘zlangan amaliy ishlar haqida so‘z borishi ta’kidlandi.

Shuningdek, saylovoldi dasturda Raqamli iqtisodiyot asosiy “drayver” sohaga aylantirilishi, har bir xonadon va ijtimoiy muassasa maq‌bul narxda yuqori tezlikdagi Internetga ulanishi, magistral avtomobil yo‘llari 100 foiz mobil aloqa va Internet bilan qamrab olinishi o‘rin olgan.

Bundan tashqari, mamlakatning eksport salohiyati 1,7 barobar oshirilib, 2026 yilda 30 milliard dollarga yetkaziladi. Energiya resurslari bozori erkinlashtirilib, sohaga xususiy investitsiyalar keng jalb qilinishi ham dasturdan o‘rin olgani Ishonchli vakil tomonidan ta’kidlandi.

Quva tumanidagi Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘tkazilgan uchrashuvda tumandagi Iftixor, Mustaqillik, Taxtako‘prik mahallalari aholi hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturi bilan yig‘ilganlarni tanishtirarkan, unda barcha sohalar qatori agrar sohani yanada rivojlantirish ham muhim o‘rin tutkanini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Enaxon Sidiqova ishtirokida Quva tumanidagi 13-bolalar musiqa va san’at maktabida ommaviy   targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda dastlab Enaxon Sidiqova nomzodning hayoti va siyosiy faoliyati hamda dasturini hayotiy misollar bilan uchrashuv ishtirokchilariga yetkazib berdi.

Tadbirlarda so‘z olgan «Mehnat shuhrati» ordeni sohibasi Zuhra Aliyeva, yosh shoira Go‘zal Ergashevalar Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan islohotlaridan mamnun ekanliklarini ta’kidlab, barchani partiya nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Shundan so‘ng tashkil etilgan madaniy dastur ham quvaliklarga olam-olam zavqu shavq bag‘ishladi.

Shohsulton To‘xtamatov,

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

matbuot kotibi.

Teglar
  • Ko'rildi
    319
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+