Ishonchli vakil tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishdi

30.09.2021, 16:41

Ishonchli vakil tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishdi

Sirdaryo tumani Sirdaryo viloyatidagi sanoat zonasi hisoblanib, bu tumandagi eng yirik qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatadi. O’zLiDePdan Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning ishonchli vakili P.Axmedjanova bilan  aynan Xitoy-Peysheng qo‘shma korxonasining faollar zalida bo‘lishi ham bejiz emas. Tumanning iqtisodiy salohiyatiga salmoqli ulush qo‘shib kelayotgan bu korxonada 2000 nafar ishchi faoliyat ko‘rsatib, ularning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

-Bugun mamlakatimizda inson qadri davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda va bunda yoshlarning ota-onalarini hurmat qilishi, e’zozlashining ahamiyati juda katta, - dedi P. Axmedjanova. -Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ham  inson qadr-qimmatini ulug‘lash, insonparvarlik va xalqparvarlikka katta e’tibor qaratilgan. Milliy o‘zligimizni anglasak, ulug‘ ajdodlarimiz sharaflab kelgan betakror qadriyatlarimizni ulug‘lasak, o‘zimiz barpo qilayotgan  Yangi O’zbekiston ostonasiga tezroq qadam qo‘yamiz. Barchangizni ana shunday ulug‘vor g‘oyalarni ilgari surayotgan, yurt istiqboli va taraqqiyotini yuksaltirishga bel bog‘lagan Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman.

Ishonchli vakil P.Axmedjanova va partiya faollari Sirdaryo tumani "Shirin" MFYda joylashgan  M.Normatov  rahbarlik qilayotgan “Sirdaryo mega lyuks” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish  korxonasida bo‘lishdi. Korxonada polipropilen  eksportbop mahsulotlar ishlab chiqariladi. 2012 yili tashkil etilgan qo‘shma korxonada polipropilen granulasidan kimyo, qurilish, tekstil, oziq-ovqat va nooziq-ovqat, farmatsevtika, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati, xom ashyo va materiallar eksporti bilan shug‘ullanuvchi savdo kompaniyalari uchun turli o‘lchamdagi qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Korxona sexlariga, Avstriya, Germaniya hamda Hindiston davlatlaridan olib kelingan zamonaviy dastgohlar o‘rnatilgan.

Dastlab 50 nafar ishchi bilan faoliyat boshlagan, bir turdagi qoplar ishlab chiqarilgan mazkur korxonada aytish joiz bo‘lsa turining sanog‘i yo‘q mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Ishchi-xizmatchilar soni bugungi kunga kelib 2000 nafarga yetdi.

Tadbir ishtirokchilari va korxona ishchilari qo‘lga kiritilayotgan bu o‘zgarishlar bevosita Prezidentimiz – Shavkat Mirziyoyev nomi bilan bog‘liq ekanligini  barcha bir ovozdan e’tirof etishdi va nomzodni qo‘llab-quvvatlashlarini e’tirof etishdi.

O'zLiDeP Sirdaryo  viloyati Kengashi

 matbuot xizmati

 

Teglar
  • Ko'rildi
    258
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+