Ishonchli vakil bekobodlik saylovchilar bilan muloqot qildi

02.10.2021, 13:15

Ishonchli vakil bekobodlik saylovchilar bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Bekobod tumanidagi 16-bolalar musiqa va san’at maktabida o‘zining navbatdagi saylovoldi tashviqotini boshladi.

Saylovoldi tashviqot uchrashuvida faollar, mahalliy Kengash deputatlari, mahalliy aholi vakillari hamda yoshlar ishtirok etishmoqda.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva saylovchilarga Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir” nomli saylovoldi dasturini sodda hayotiy misollar orqali xalqchil tilda bandma-band izohlab berdi.

Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturining tub zamirida eng avvalo, inson omili yotganiga alohida to‘xtaldi.

Partiya nomzodining ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva yig‘ilganlarni 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlarda o‘zlarining saylov huquqidan unumli foydalanib, kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatlarini chuqur anglab,  Yangi O’zbekiston taraqqiyoti uchun Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi.

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

 

Teglar
  • Ko'rildi
    245
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+