Ishonchli vakil Urgut erkin iqtisodiy zonasida saylovchilar bilan uchrashdi

05.10.2021, 17:07

Ishonchli vakil Urgut erkin iqtisodiy zonasida saylovchilar bilan uchrashdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan  nomzod Sh.Mirziyoyevning Samarqand viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Rustam Xolmurodov  Urgut erkin iqtisodiy zonasida saylovchilar bilan uchrashdi.

Unda Urgut erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, va tadbirkorlik sub’ektlari ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda ishonchli vakil so‘zga  chiqib, nomzodning tarjimai holi va siyosiy faoliyati haqida gapirar ekan, Samarqandda hokimlik kezlarini yodga oldi.  O’tgan 5 yilda mamlakatimizda Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’lim, sanoat, iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi sohasi va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borgan islohotlar  natijasi ularoq bugun Samarqand tadbirkorlar yurtiga aylanib borayotganligini alohida e’tirof etdi.

-Plastik kartamizni naqd qilib ololmas edik. Banklarda naqd pul muammo edi. Ayrim supermarketlarni hisobga olmasa, do‘konlar plastikka savdo qilmas edi. Bankdan kredit olish-ku ming azob edi. Bugun bu muammolar bartaraf etildi. Shaxsan Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan nafaqaxo‘rlarga pensiyalar naqd pulda tarqatilyapti. Naqd pul kerakmi, marhamat hamma joyda bankomat. Kreditni uydan turib onlayn rasmiylashtirish mumkin. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida faoliyat boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga imtiyoz kreditlar ajratilishidan maqsad xalqning farovonligini oshirishdan iboratdir. Bugun viloyatimizda tadbirkorlar soni 3-4 barobarga ortgan. Bu albatta bizni yutug‘imiz. Tadbirkor ko‘paysa, ishchi o‘rni ko‘payadi. Ishchi o‘rni ko‘paysa, xalqimizning yashash sifati ortib boraveradi.

Shavkat Mirziyoyev kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan dasturida ham  Samarqandda 450 mingta ish o‘rni yaratish orqali kambag‘allikni 2 barobarga qisqartirish – eng ustuvor vazifa qilib belgilangan. Ya’ni “kelgusi besh yilda yalpi hududiy mahsulotni 1,4 baravarga oshirib, 90 trillion so‘mga yetkazishimiz zarur. Buning uchun, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini kasb-hunarga o‘qitish orqali 130 mingta ish o‘rinlari yaratiladi. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida viloyatga har yili qariyb 1 trillion so‘m imtiyozli kredit ajratiladi”, - dedi R.Xolmurodov.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar  mamlakatimizda o‘tgan 5 yilda hayotida tub burilish yasagan islohotlar haqida o‘rtoqlashar ekan, O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning dasturi O’zbekistonning jadal rivojlanishiga xizmat qilishini e’tirof etgan holda kelajak uchun Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirdilar.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    246
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+