Ishonchli vakil urgutlik saylovchilar bilan uchrashdi

05.10.2021, 17:09

Ishonchli vakil urgutlik saylovchilar bilan uchrashdi

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatidagi Ishonchli vakili Rustam Xolmurodov Urgut tumanidagi 157-umumta’lim maktabida saylovchilar bilan  uchrashdi.

Tadbirni O’zLiDeP Urgut tuman Kengashi raisi Jamshid Haydarov olib bordi.

Uchrashuvda Ishonchli vakil so‘zga  chiqib, nomzodning siyosiy faoliyati haqida gapirar ekan, o‘tgan 5 yil davomida yurtimizda ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, kommunal va ijtimoiy sohalarda  amalga oshirilgan ulkan islohotlar bugun o‘z mevalarini berayotganligini, ayniqsa o‘zaro qo‘shnichilik aloqalarini tiklanishi har ikkala davlatlar manfaatlari uchun xizmat qilayotganligini alohida qayd etdi.

- O’zbek va tojik xalqlarini – “ikki tilda so‘zlashadigan bir millat”, deb tarif beramiz. Bizning urf-odatlarimiz, an’analarimiz bir-biriga qorishib ketgan. Ming afsuski, so‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar, xususan Tojikiston bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari e’tibordan chetda qolgan edi. Hatto shunday paytlar bo‘ldi-ki, ikki davlat chegaralarida yashayotgan quda-andalar, opa-singil, tog‘a-jiyan bir-birini to‘y-marakada yo‘qlay olmadi. Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik lavozimiga saylangandan boshlab birinchi navbatda qo‘shni davlatlar - Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turmaniston bilan do‘stona hamkorlik aloqalarini tikladi. Chegaralar ochildi. Qo‘shni davlatlar bilan har tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar o‘rnatildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina o‘tgan yili butun dunyo uchun murakkab bo‘lgan pandemiya yilida O’zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro tashqi savdo aylanmasi 3 baravar oshib, yarim milliard dollarga yaqinlashdi, 2021 yil oxiriga kelib ushbu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Mamlakatlar qo‘shma energetika loyihalarini amalga oshirmoqda va tranzit, energetika, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sohalarda o‘zaro faol hamkorlik qilmoqda. Bu hamkorlikda ikki davlat fuqarolari ham manfaat ko‘rmoqda desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Men fursatdan foydalanib 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezidentlik saylovida barchangizni Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman, - dedi R.Xolmurodov.

Tadbirda so‘z olganlar  bugun barcha sohalardagi islohatlar, qishloq va mahallalarning  qiyofasi o‘zgarishi, tadbirkorlikning rivojlanishi, davlat tomonidan ona va bola ijtimoiy himoyasi aynan Shavkat Mirziyoyev nomi bilan bog‘liqligini alohida e’tirof etishdi. Amalga oshirilayotgan har bir islohotlar xalqimiz turmush tarzida aks etayotganligini qayd etib, Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga da’vat etishdi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    269
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+