G’uzorlik saylovchilarga saylovoldi dastur targ‘ib qilindi

06.10.2021, 15:34

G’uzorlik saylovchilarga saylovoldi dastur targ‘ib qilindi

Bugun mamlakatimizda inson qadri davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda. Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan tamoyil allaqachon hayotimizga kirib keldi. O’zbekiston Prezidentligiga partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzod – Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ham bu tamoyil o‘z ifodasini topgan.

Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Temur Poyonov G’uzor tumanidagi «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJ ishchi-xizmatchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Prezidentlikka nomzodning tarjimai holi, saylovoldi dasturi bilan tanishtirar ekan, mamlakatimizda insonparvarlik va xalqparvarlikka e’tibor yuksak darajaga ko‘tarilayotganini aytib o‘tdi.

-Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida mamlakatimizda iqtisodiy yuksalishlar bilan birga inson qadr-qimmatini ulug‘lash bosh maqsad qilib belgilangan - dedi T. Poyonov o‘z so‘zida. -  Sizlarni  ulug‘vor g‘oyalarni ilgari surayotgan, yurt istiqboli va taraqqiyotini yuksaltirishga qat’iy bel bog‘lagan fidoyi inson Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman.

Xuddi shunday uchrashuv tumandagi  4-sonli Bolalar musiqa va sa’at maktabida ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari -  Qahramon Ergashev va Gulshana Xudayarovalar ishtirok etishdi va so‘zga chiqishdi.

O’zLiDeP  Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    629
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+