Ishonchli vakilning uchrashuvlari tumanlarda davom etmoqda

06.10.2021, 15:56

Ishonchli vakilning uchrashuvlari tumanlarda davom etmoqda

Sh.Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ishonchli vakili Abat Daniyarov Qoraqalpog‘iston Respublikasining eng chekka tumanlarida  ham  saylovchilar bilan uchrashmoqda.

Ana shunday uchrashuvlarning biri Taxiyatosh, Xo‘jayli, Bo‘zatov, Kegeyli va Nukus tumanlarida  ham tashkil qilindi.  

Jumladan, Xo‘jayli tumani hokimiyatida ham ishonchli vakil Abat Daniyarov  nuroniylar, tuman kengashi deputatlari, faollar va yosh saylovchilar bilan uchrashdi.

Nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlar qatori Maktabgacha  ta’limdagi  qamrov  darajasi  hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkazilishi, maktab ta’limi tizimi uchun o‘quv dasturlari va darsliklar ilg‘or xorijiy tajriba  asosida to‘la qayta ishlanib, 2026 yilga qadar amalda joriy etilishi, oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga, asosiy e’tibor ta’lim sifatini oshirishga qaratilishi bilan ahamiyatlidir.  

Xususan, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar sonining oshirilib, mavjudlarining qayta rekonstruksiya qilinganligi, oliy ta’lim muassasalariga qabulning soddalashtirilganligi nomzodning har bir sohaga qaratayotgan yuqori darajadagi e’tibori mahsuli ekanligi e’tirof etildi.    

Uchrashuvda so‘z olgan partiya faollari nomzod faoliyatiga nazar solib, amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi insonlar uchun, xalq uchun, ularning obod yurtda erkin va faravon yashashlari uchun hayotga tadbiq etilayotganligini e’tirof etishdi va yig‘ilganlarni Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdilar.

Ishonchli vakilning keyingi manzili bo‘zatovlik saylovchilar bilan davom etdi. Bo‘zatov tuman hokimiyatida tashkil qilingan tadbirda ishonchli vakil Abat Daniyarov nomzodimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 21 sentabr kuni saylovoldi uchrashuvini eng avvalo Qoraqalpog‘iston diyoridan aynan Bo‘zatov tumanidan boshlaganini alohida e’tirof etdi.

Uchrashuv yakunida  bo‘zatovlik faollar ham so‘zga chiqib, yetuk siyosatchi, keng ko‘lamli islohotlar tashabbuskori Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidladilar.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

kengashi matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    322
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+