Egizbuloq qishlog‘i aholisiga kelgusi besh yillikdagi rejalar aytib o‘tildi

07.10.2021, 19:10

Egizbuloq qishlog‘i aholisiga kelgusi besh yillikdagi rejalar aytib o‘tildi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal Demokratik partiyasidan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Bayrambek Uzakov Forish tumanidagi “Egizbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida nomzodning Saylovoldi dasturi bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirish jarayonida qishloq xo‘jaligi sohasida belgilangan strategik vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Xususan, qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadlari 2 barobar oshiriladi, uning yillik o‘sish sur’atlari kamida 5 foizga yetkazilishi, qishloq xo‘jaligida davlat aralashuviga to‘liq barham berilib, erkin bozor munosabatlari joriy qilinishi, dehqonlar uchun subsidiyalar ajratilishi, sohadagi klasterlar va fermerlar faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urtalashning mutlaqo yangi mexanizmlari joriy etilishi, 200 ming gektar maydonlar aholiga ochiq tanlov asosida 10 sotixdan 1 gektargacha uzoq muddatli ijaraga berilishi, intensiv bog‘lar – 3, issiqxonalar - 2 va chorva uchun ozuqabop ekinlar maydoni 2 barobar oshiriladi, 11 mln gektar yaylovlar qayta tiklanishi, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etilishi nazarda tutilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir qatnashchilari muloqotlar chog‘ida so‘nggi besh yilda tumanda, jumladan mahallada ro‘y bergan yangiliklar haqida gapirar ekanlar, bu ijobiy bunyodkorlik jarayoni bardavom bo‘lishiga ishonch bildirdilar.

Uchrashuv qatnashchilari Shavkat Mirziyoyev nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    327
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+