Dang‘arada tadbirkorlik sub’ektlari, ta’lim, tibbiyot sohasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

11.10.2021, 11:13

Dang‘arada tadbirkorlik sub’ektlari, ta’lim, tibbiyot sohasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

O'zLiDePdan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturini keng targ‘ib qilishga qaratilgan uchrashuvlar joylarda davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi saylovchilar bilan bo‘lgan dastlabki uchrashuv nafaqat viloyat balki Respublikada o‘z nufuziga ega bo‘lgan “Ayubxon TEXTILE”  korxonasida bo‘lib o‘tdi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mavluda Xodjayeva mazkur uchrashuvda asosan erkaklar kiyimlarini tikib eksport qilayotgan tadbirkor DilshodaUsmonova hamda korxonaning 150 nafar ishchi xodimlari bilan dildan suhbatlashdi. 

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan g‘oya va maqsadlar, ustuvor vazifalarni hayotiy misollar keltirish bilan xalqchil tilda so‘zlab berdi. Nomzod o‘z dasturida inson qadrlanib yashayotgan jamiyat va davlat qurishni ustuvor vazifa deb bilgan holda odimlayotganini e’tirof etdi. Ayniqsa so‘ngi besh yillikda tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, istiqbolli rejalar Mavluda Xodjayevaning ma’ruzasidan o‘rin oldi. Samimiy tarzda o‘tgan uchrashuv yakunida korxona xodimlari va jam bo‘lganlar Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.

Xuddi shunday uchrashuv tumandagi 27-sonli bolalar musiqa va san’at makbida ham bo‘lib o‘tdi. Saylovchilarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xodjayeva tomonidan Shavkat Mirziyoyevning oldindagi besh yillik uchun, eng muhimi inson qadri va mamlakat taraqqiyoti uchun belgilab olgan saylovoldi dasturi xalqchil tarzda targ‘ib etildi. Jumladan, Partiya vakili nomzod Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tgan davrda xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan ishlarga  to‘xtalar ekan, bugun bu ishlarning natijasini yurt farzandlarining  erishayotgan muvaffaqiyatlarida ko‘rish g‘oyat g‘ururbahsh ekanini ta’kidladi.

Xususan, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar sonining oshirilib, mavjudlarining qayta rekonstruksiya qilinganligi, oliy ta’lim muassasalariga qabulning sodddalashtirilganligi, tibbiyot, jumladan, qishloq vrachlik punktlarining zamonaviy texnologiyalar va kadrlar bilan ta’minlanganligi nomzodning har bir sohaga qaratayotgan yuqori darajadagi e’tibori mahsulidir, - dedi Mavluda Xodjayeva.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan saylovchilar turli sohalarda qilinayotgan ishlar, xalq bilan ishlash tizimining tubdan isloh qilinishi sabab, bugun xalq vakilining har bir murojaati e’tiborda ekanligi va buning barobarida har bir muammo o‘z o‘rnida yechim topayotganligiga e’tibor qaratishdi. Qolaversa, nomzodning taklif va tashabbusi sabab deputatlarning doimiy ravishda xalq bilan muloqotda bo‘lib kelayotganligi sabab yechimini kutayotgan ishlar, kamchiliklar o‘z manziliga o‘z vaqtida yetib borayotganligini bildirib, saylovchilarni to‘g‘ri tanlov qilishga chorlashdi.

"Yangi O’zbekistonni birga quraylik", "Inson qadri uchun" kabi shiorlar ostidagi uchrashuvlar davom etmoqda.

O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    688
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+