Ishonchli vakil Vobkentda bir qator soha fidoyilari bilan uchrashdi

Ishonchli vakil Vobkentda bir qator soha fidoyilari bilan uchrashdi

Vobkent tumanida o‘tkazilgan targ‘ibot uchrashuvlarining navbatdagi manzili "Vobkent tola" klaster ishlab chiqarish korxonasi bo‘ldi. Mazkur korxona  Vahob Mirzahakimov tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, hozirda korxonada 600 nafarga yaqin ishchi ishlayapti. Korxona ip-kalava mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, tayyor mahsulot chet mamlakatlarga eksport qilinadi.

Ishonchli vakil va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan korxona ishchilariga saylovlarda faol ishtirok etish va nomzodning saylovoldi dasturi to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berildi.

Targ‘ibot uchrashuvi doirasida tuman yoshlarining tashabbusi bilan "Inson qadri uchun" shiori ostida targ‘ibot aksiyasi ham tashkil etildi.

Shundan so‘ng navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi tuman madaniyat markazida tashkil etildi. Uchrashuv avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tumanning faol va iqtidorli yoshlari bilan suhbatda bo‘lishdi.   Yoshlarning taklif va tashabbuslari, muammolari, saylovlarda yoshlarning ishtiroki xususida so‘z bordi. Tuman madaniyat markazida tashkil etilgan targ‘ibot uchrashuvida tumanda istiqomat qiluvchi aholi va yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar yurtimizdagi keyingi besh yillikdagi o‘zgarishlar, amalga oshirilgan islohotlar, xalqning manfaatlarining har sohada ustun qo‘yilishi borasida to‘xtalib, barchani saylovda faol ishtirok etishga, partiya nomzodiga ovoz berishga chaqirishdi. Targ‘ibotda o‘tgan davrdagi islohotlardan hikoya qiluvchi videolavha namoyishi ham yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Uchrashuv  bayramona kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    536
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+