Partiya vakillari dang‘aralik saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturini targ‘ib qildi

12.10.2021, 11:52

Partiya vakillari dang‘aralik saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturini targ‘ib qildi

"Inson qadri uchun" shiori ostidagi targ‘ibot uchrashuvlari Farg‘onaliklarga o‘zgacha shukuh va shijoat ulashmoqda. Ana shunday uchrashuvlar bugun Dang‘ara tumanida ham ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.

Tuman madaniyat markazi binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mavluda Hodjayeva nomzodning so‘nggi besh yillikdagi faoliyati, targ‘ibot-tashviqot ishlari, saylovoldi dasturidan o‘rin olgan yo‘nalishlar xaqida ma’ruza qildi. Barcha sohalar qatori ijtimoiy sohalarni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilganidek, viloyatimizda tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini kuchaytirish maqsadida 22 ta yangi oilaviy shifokorlik punkti va 10 ta oilaviy poliklinika barpo etilishi hamda zamonaviy jihozlanishi ko‘zda tutilgan. 120 o‘ringa ega bo‘lgan Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi, Hindiston bilan hamkorlikda Endokrinologiya markazi tashkil etiladi.   Nomzodimiz Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi chog‘ida viloyat tibbiyot tizimi uchun faqatgina davlat budjetidan kelgusi besh yilda 5 trillion so‘m ajratilishini ma’lum qilib, tibbiyotda yangicha tartib yo‘lga qo‘yilishini bildirdi. Bu kabi xalqchil dastur menimcha xech kimni bee’tibor qoldirmaydi, - dedi Mavluda Hodjayeva.

Uchrashuv davomida so‘z olgan saylovchilar ham kechagi va bugungi O’zbekiston xaqida, bugungi kunlaridan mamnun ekanliklarini e’tirof etdilar.  

Yig‘ilganlar yangi O’zbekiston taraqqiyoti uchun Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlalarini bildirdilar! Xuddi shunday uchrashuv Dang‘ara tumanidagi Urganji mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda nomzodning so‘nggi besh yillikdagi faoliyati, targ‘ibot-tashviqot ishlari, saylovoldi dasturi tushuntirildi.

Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik  palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Mavluda Xodjayeva Shavkat Mirziyoyevning viloyatimiz saylovchilari bilan o‘tkazgan muloqotida Farg‘ona viloyatida 4ta yangi oliygoh tashkil etilishi, kelgusi besh yilda maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 71 foizdan 90 foizga yetkazilishi, buning uchun viloyatda yangi 1 ming 300 ta davlat, xususiy va uy bog‘chalari tashkil etilishi, 124 ta davlat bog‘chasi rekonstruksiya qilinishi bo‘yicha ham amaliy ishlar olib borilishi ta’kidlanganini  yig‘ilganlarga yetkazdi.

Nomzodning saylovoldi dasturida kambag‘allikni tugatish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilib, inson qadrini yuksaltirish maqsadida Yangi O’zbekiston strategiyasini ishlab chiqqani alohida ta’kidlandi. 

Samimiy tarzda o‘tgan uchrashuvda ko‘plab saylovchilar so‘z olib bugungi kunidan ne chog‘lik rozi ekanliklarini,  kelajak bunyodkori bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev nomzodiga ovoz berishlarini ta’kidladilar.

O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    368
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+