Ishonchli vakil fermerlar bilan uchrashdi
18.10.2021, 16:23

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatidagi Ishonchli vakili Rustam Xolmurodov Samarqand tumanidagi “Shodimurod” restoranida fermerlar bilan uchrashdi.
Tadbirda Ishonchli vakil so‘zga chiqib, o‘tgan 5 yilda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar haqida gapirar ekan, qishloq ho‘jaligini rivojlantirish borasida salmoqli ishlarga qo‘l urilganligini ta’kidladi. Xususan, paxta, pillachilik, meva-sabzavot klasterlarining tashkil etilishi joylarda sanoat korxonalarining qad rostlab, ishchi o‘rinlarining paydo bo‘lishiga zamin yaratganligini alohida e’tirof etdi.
- Ta’limga e’tiborsizlik sababli, 2016 yilga kelib qishloq xo‘jaligi sohasi ham og‘ir ahvolga kelib qolgan edi. Shunday paytlar bo‘ldi sohasini yaxshi tushunadigan Agronom mutaxassisini topish qiyin bo‘ldi. Yaxshi mutaxassislarimiz yo‘qligi sababli tuprog‘i zarga teng yurtimizda hosildorlik qumloq yerlarda zamonaviy texnologiyalar asosida dehqonchilik qiladigan mamlakatlardan ikki –uch barobar pasayib ketganligi ham rost. O’tgan 5 yilda hududlarda tabiiy iqlimidan kelib chiqib, sabzavotchilikka, uzumchilikka, kartoshkachilikka, pillachilik, g‘allachilik va hakazo ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi, sohaga yangi texnologiyalarning olib kirilishi, qo‘shni davlatlari bilan aloqalar mustahkamlanib mahsulotlarni eksportga yo‘naltirilishi qishloq xo‘jaligi sohasini jonlantirdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi, - dedi R.Xolmurodov.
Ishonchli vakil nomzodning kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida qishloq xo‘jaligidan tortib ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyot, energitika, sanoat, qo‘yinki, barcha sohalarda vatanimizni yanada ravnaq toptirishga, xalqimiz orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishdek buyuk maqsadlar, vazifalar ilgari surilganini ta’kidladi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, yutuqlari bilan o‘rtoqlashar ekan, hayotida tub burilish yasagan islohotlar haqida gapirdilar va kelajak uchun Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirdilar.
O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring