Izboskanlik Abbosbek Hojimatov “yosh fermer” tanlovi g‘olibi

13.11.2017, 18:23

Izboskanlik Abbosbek Hojimatov “yosh fermer” tanlovi g‘olibi

Andijon qishloq xo‘jaligi institutida O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan “Yosh fermer” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16 nafar fermer ishtirok etdi.

– Mazkur tanlov, eng avvalo, yosh fermerlar bilan fikr almashishga imkon yaratdi, – deydi tanlov g‘olibi Izboskan tumanidagi “Yakkatut Abdullajon” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Abbosbek Hojimatov. – Endi oldimizda yana bir katta sinov turibdi. Respublika miqyosida davom etadigan tanlov g‘olibligi uchun ham astoydil harakat qilaman.

Ta’kidlash kerak, “Yakkatut Abdullajon” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi ayni kunda sholichilik, asalarichilik, paxtachilik, g‘allachilik va chorvachilik yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda. Fermer hozirda Polshadan keltirilgan 63 ta zotdor qoramoldan olinayotgan sut mahsulotlarini qayta ishlovchi korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish arafasida.

Elyorbek AVULOV,

O’zLiDePAndijon viloyat Kengashi

“Yoshlar qanoti” bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1590
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+