Qarshi shahridagi Qo‘ng‘irtov massivida 47 gektarlik bog‘ barpo etiladi

11.11.2021, 15:55

Qarshi shahridagi Qo‘ng‘irtov massivida 47 gektarlik bog‘ barpo etiladi

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan  “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida Qo‘ng‘irog‘ massividagi chiqindilar "poligoni"da ko‘ngilli aholi vakillari ishtirokida ekologik hashar o‘tkazildi. Unda deputatlar, valantyorlar, yoshlar, ko‘ngillilar, Qarshi shahar “Toza hudud” davlat unitar korxonasi va shahar obodonlashtirish boshqarmasi vakillari ishtirok etishdi.

-Bu aksiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida mazkur hududda 47 gektarlik bog‘ barpo qilishga qaratilgandir,- deydi O’zLiDeP Qarshi shahar Kengashi deputati Arziqul Sherov. - Qo‘ng‘irtog‘ massivining 14 gektariga povloniya ko‘chatlari,  yo‘l chetlariga jiyda na’matak va va boshqa daraxt ko‘chatlarini ekish ko‘zda tutilgan. Bu xayrli ishlarni amalga oshirishda biz deputatlar ham faollik ko‘rsatamiz.

Chiqindilar “poligoni” vazifasini o‘tagan Qo‘ng‘irog‘ massiviga erta-indin nihollar ekilib, ko‘rkam bog‘ barpo etiladi. Bahor kelishi bilan bu nihollar kurtak yozib, ko‘kka bo‘y cho‘zadi, yashil makonga aylanadi. Binobarin, shu yil kuz-qish oylarida Qarshi shahrida 274 ming tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazish ko‘zda tutilgan va ayni paytda bu ishlar qizg‘in davom ettirilmoqda.

   O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    339
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+