Shaxrixonda keng quloch yoygan “Yashil makon” umummilliy loyihasida deputatlar ham faol ishtirok etyapti

30.11.2021, 11:43

Shaxrixonda keng quloch yoygan “Yashil makon” umummilliy loyihasida deputatlar ham faol ishtirok etyapti

Ayni kunlarda mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi amaliy tadbirlar avj nuqtaga ko‘tarilgani rost. Mazkur tadbirda parlament hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlar deputatlari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odinaxon Otaxonovaning saylovchilari bilan uchrashuvlari ayni loyiha doirasidagi tadbirlarga ulanib ketdi. Xususan, deputat Shahrixon tumani “Besh mahalla” mahallasi hududidagi anhor chetlariga, yo‘l yoqalariga tuman hokimligi bilan hamkorlikda 2000 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt nihollari o‘tqazish ishlarini olib bordi.

-Mazkur loyiha yurtimizda ekologik musaffolikni barqarorlashtirishga xizmat qilibgina qolmay, xalqimizda yerga, tabiatga, jaraxtlarga bo‘lgan mehrning ortishiga zamin bo‘lishiga ishonaman, - deydi deputat O.Otaxonova. – Bunday tadbirlarni har bir mahallada, har bir ko‘chada, har bir xonadonda amalga oshirishga harakat qilayotganimizning ham sababi shunda.

Deputatning atrof-muhitni obodonlashtirishga qo‘shayotgan xissasi joylardagi mana shunday tadbirlarida namoyon bo‘lmoqda.

Zilola Rahmonova,

jurnalist

  • Ko'rildi
    313
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+