Paxtachi tibbiyot birlashmasida partiya boshlang‘ich tashkiloti tashkil etildi

02.12.2021, 15:48

Paxtachi tibbiyot birlashmasida partiya boshlang‘ich tashkiloti tashkil etildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat hamda Paxtachi tuman Kengashlari mas’ullari Paxtachi tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida partiya faollari yurtimizda olib borilayotgan islohatlar hamda mamlakatimizda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor va shart-sharoitlar xususida so‘z bordi.

- Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini rolini oshirish, tibbiyot muassasalari faoliyatini rivojlantirish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar bermoqda, – deydi mazkur Tibbiyot birlashmasi rahbari Shavkat Jabborov.

Bu kabi uchrashuvlarni tibbiyot xodimlari o‘rtasida ko‘proq tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi va Paxtachi tibbiyot birlashmasida O`zLiDePning quyi bo‘g‘ini tashkil etilib, 40 nafar ishchi-xodimlari partiya safiga qabul qilindi.

Jaxongir Xujamqulov,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    236
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+