Partiya hududiy kengashlari qoshida Faxriylar Kengashi tuzilmoqda

20.12.2021, 16:00

Partiya hududiy kengashlari qoshida Faxriylar  Kengashi  tuzilmoqda

O'zLiDeP Nurobod tuman Kengashi tomonidan Faxriylar Kengashi tuzish bo‘yicha ta’sis  yig‘ilishi  tashkil etildi.

Yig‘ilishda partiya tizimida uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan, boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan, aholi orasida o‘zining namunali xulqi bilan obro‘-e’tibor qozongan, o‘zining tarbiyaviy ta’sirini o‘tkaza oladigan faol faxriylar ishtirok etishib, tadbir davomida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi huzuridagi Faxriylar kengashining nizomi, maqsad, vazifalari hamda Faxriylar kengashi a’zolarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

-Faxriylar kengashini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham  partiya faxriylarining ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ularga mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni ijtimoiy faoliyatga jalb etishga ko‘maklashish, keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda turli ijtimoiy-madaniy tadbirlar, telemarafonlar, maxsus sport musobaqalari, keksa yozuvchilar, can’at vakillari va ijodiy ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etishga ko‘maklashishdan iboratdir, - deydi O'zLiDeP Nurobod  tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari M.Usanova.

Tadbir yakunida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Nurobod tuman Kengashi huzuridagi Faxriylar kengashi raisligiga Sobir Suyarov saylandi.                                                    

Marxabo Chuliyeva,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    180
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+