“Deputat va yoshlar” uchrashuvida faol yoshlar partiyaning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi

21.12.2021, 16:11

“Deputat va yoshlar” uchrashuvida faol yoshlar partiyaning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan Samarqand shahridagi bir guruh faol yoshlar bilan “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in baxs-munozaralar ostida o‘tgan ushbu uchrashuvda yoshlarga deputat faoliyati to‘g‘risida Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi deputati, O’zLiDeP deputatlik guruhi rahbari N.To‘rayev o‘z faoliyati misolida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Xalq vakili deputatning faoliyati, huquq va vakolatlari hamda majburiyatlari, kimlar deputat bo‘lishi mumkin, deputat aholi murojaatlarini qanday hal etadi kabi savollarga qonunchilikda belgilangan tartiblar hamda deputatning o‘z faoliyatidagi amaliy tajribalaridan kelib chiqib aniq misollar asosida tushuntirib o‘tdi.

Shuningdek uchrashuvda yoshlar tomonidan davlat va xusiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish,  Kattaqo‘rg‘on tumanida maktab o‘quvchilarining maktabga xavfsiz borib kelishi uchun  piyodalar yo‘lagini tashkil etish kabi amaliy takliflar ham bildirildi.

Tadbirda O’zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalarni yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilishdagi faol ishtiroki uchun “Yoshlar qanoti” faollari partiya tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.   

Qodir Shoyimov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    548
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+