Partiyaning Sirdaryo viloyat kengashi qoshida Faxriylar Kengashi tuzildi
27.12.2021, 16:03

OʼzLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi qoshida Faxriylar Kengashi tuzish bo‘yicha Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
Xalqimizda “Qari bilganni pari bilmas” degan purma’no naql bor. Shu o‘rinda yurtimizda mehnat fahriylari, tajribali keksa avlod vakillariga alohida e’tibor berilayotgani ham sir emas. Bu borada ularni qo‘llab-quvvatlash borasida qator qaror va farmonlar qabul qilindi.
Keksalarimiz e’tibordan, tajribasiga ehtiyoj borligidan juda xursand bo‘lishadi. Axir ular hayot maktabini o‘qib, pastu balandning maromini biladigan insonlar. Zamon bilan hamqadam-har bir o‘zgarishu bunyodkorlikdan chin dildan quvonishadi, kamarbasta bo‘lishga intilishadi. Partiya Kengashlarida “Faxriylar Kengashi”ning tuzilishi ham ularni ruhlantirgani rost.
OʼzLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi qoshida Faxriylar Kengashi tuzish bo‘yicha o‘tkazilgan Kengash yig‘ilishida ishtirok etganlar ham bu borada fikrlarini izhor etishdi.
Yig‘ilishda O’zLiDep Sirdaryo viloyat Kengashi raisining Tashkiliy-partiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Guliston shahar “Ocean life” MChJ direktori Akromjon Musurmonqulov viloyatimizda ham obro‘-e’tiborga ega, har biri o‘z sohasida hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, tashkilotchiligi, aholi orasida o‘zining namunali xulqi bilan hurmat qozongan partiya faxriylari ishtirok etayotganini ta’kidladi. O'zLiDeP huzuridagi Faxriylar kengashining nizomi, maqsad, vazifalari hamda Faxriylar kengashi a’zolarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berdi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan partiya tashkil etilgandan shu kunga qadar bir safda turib partiyaning dasturiy maqsad vazifalarini targ‘ib qilib kelayotgan ilg‘or fermer, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi “Ozod o‘lka maydoni” fermer xo‘jaligi rahbari Otabek Egamberdiyevning nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan ma’qullandi.
-Bildirilgan ishonchingiz uchun rahmat. Partiya tashkil topganidan buyon uning g‘oyalarini, tashabbuslarini targ‘ib qilishda safdoshlarimizga ko‘maklashdik. Tajribamiz bilan har bir masalada yordamimizni ayamadik. Bundan keyin ham Kengash a’zolari bilan birgalikda kuch-quvvatimiz va imkonimiz yetganicha partiya safini kengaytirishga, har bir masalada partiyaga yelkadosh bo‘lishga, partiyamiz ilgari surayotgan g‘oyalarni yanada kengroq targ‘ib qilishga o‘z hissamizni qo‘shamiz, - deydi Otabek Egamberdiyev.
Tadbirda ishtirok etgan mehnat faxriysi Akbarali Mirzaahmedov, Sirdaryo viloyat Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Gulchehra Jonjigitovalar Faxriylar Kengashining kelgusi faoliyatiga rivoj tilab, takliflarini bildirishdi.
Tadbir yakunida O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashida Faxriylar Kengashining dasturi ishlab chiqildi.
OʼzLiDeP Sirdayo viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
BIZNING MAQSADIMIZ ANIQ VA O’ZGARMASDIR – DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATI QURISH YO‘LINI YANADA QAT’IY DAVOM ETTIRAMIZ
31.05.2023, 16:49
-
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining XI syezdi bo‘lib o‘tdi
30.05.2023, 18:31
-
Xalqchil islohotlar xalqqa xizmat qiladi
29.05.2023, 12:37
-
Jahon hamjamiyati e’tibori yana O’zbekistonga qaratildi
29.05.2023, 12:34
-
Muhim siyosiy jarayonga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda
27.05.2023, 17:41
Fikringizni qoldiring