O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan Samarqandda Respublika yoshlar forumi tashkil qilindi

10.01.2022, 12:20

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan Samarqandda Respublika yoshlar forumi tashkil qilindi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolarining tashabbusi bilan partiya hamda qator tashkilotlar va muassasalar hamkorligida joriy yilning 7-8 yanvar kunlari Samarqand shahrida Respublika “Maroqand Yoshlar Forumi” o‘tkazildi.

-  “Ushbu Forumni o‘tkazishdan maqsad yosh kadrlarini maqsadli tayyorlash, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, yoshlarning dilidagi maqsad va niyatlaridan xabardor bo‘lish, ularni ko‘llab-quvvatlash, davlat fuqarolik xizmati uchun yosh mutaxassislar va liderlarni tayyorlashga yangicha yondoshish, yosh avlodni davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini ta’minlash, respublikadagi 18-30 yoshdagi faol, tashabbuskor, istiqbolli va iqtidorli yoshlarni ko‘llab-quvvatlash, yoshlarda rahbarlik, liderlik, notiqlik san’ati va mahoratini shakllantirish, ularning tadbirkorlik va innovatsion loyihalarini hayotga tadbiq etishga ko‘maklashishdan iborat” – deydi O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi a’zosi Obidxonov Maxmudxon.

Respublikamizning Toshkent shahar va viloyat, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax hamda Samarqandlik yoshlarni birlashtirgan ushbu forumda 2 kun mobaynida tajribali spikerlar tomonidan guruhlarga bo‘lingan holda olib borilgan seminar-treninglarda yoshlar “biznes treninglar”, “ilmiy maqolalar”, “siyosiy liderlik”, “psixologiya” hamda “shaxsiy brend yaratish” bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.

Shuningdek, 2 kun mobaynida yoshlarga go‘zal va betakror Samarqandning diqqatga sazovor joylariga sayoxatlar uyushtirildi. Yoshlarning treninglardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlari ham tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida forum tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilari, tashkilotchilar hamda spikerlar O’zLiDePning esdalik sovg‘alari, sertifikat hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

  • Ko'rildi
    483
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+