Oqdaryolik faol yoshlar Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga takliflar berishdi

11.01.2022, 16:23

Oqdaryolik faol yoshlar Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga takliflar berishdi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan oqdaryolik faol yoshlar bilan amaliy muloqoti tashkil etildi.

Ushbu muloqotdda “Yoshlar qanoti” guruhi faoliyatini yanada jonlantirish, guruh a’zolari tarkibiga shijoatli, yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor yoshlarni jalb etish, partiyaning yoshlar yo‘nalishidagi amaliy tadbirlari va loyihalarini tumanda samarali tashkil etish, shuningdek yoshlarning deputatlar bilan yaqin hamkorligini kuchaytirish borasidagi qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda keng jamoatchilik muhokamasiga davlatimiz rahbarining saylovoldi dasturiga muvofiq “Inson qadri uchun” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan, yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasi muhokamaga qo‘yilganligi aytib o‘tildi.

Oqdaryolik faol yoshlar 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining yangi loyihasida belgilangan Kitobxonlikni keng ommalashtirish va “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish hamda O’zbekiston tarixini o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirish,  “Yangi O’zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini Farmon loyihasida qo‘llab-quvvatlanayotganligi e’tirof etildi va o‘z taklif mulohazalarini o‘rtoqlashishdi.

Qodir Shoyimov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    205
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+