“Vatanimga tayanchman” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

13.01.2022, 11:45

“Vatanimga tayanchman” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

Shu kunlarda yurtimizda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligini munosib kutib olish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. O’zbekiston bugungi kunda professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan, yaxshi ta’minlangan, Vatanimiz va xalqimizga sadoqatli, mamlakatimizning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalarni samarali ado etish, fuqarolarimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiyasiga ega bo‘ldi. So‘nggi besh yilda mamlakatimizda qo‘lga kiritilgan yutuq va marralarning asosi, eng katta boyligimiz – yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikdir. Shu bois, harbiylarni tinchlik va osoyishtalik posbonlari sifatida e’zozlaymiz. 14 yanvar – Vatan himoyachilari kunini butun xalqimiz bayram qiladi.

Shu munosabat bilan, O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi hamda Toshkent shahar Mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda “Vatanimga tayanchman” shiori ostida “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - eng muhim vazifa” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi To‘lqin Karimov barcha ishtirokchilar ushbu sana bilan tabrikladi.

Darhaqiqat, mustaqil taraqqiyotimizning o‘tgan davr mobaynida hayotga tatbiq etilgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli mamlakatimiz xavfsizligi hamda barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga, aholining tinch va osuda hayotiga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz va g‘arazli urinishlarning oldini olishga qodir bo‘lgan, ixcham, har tomonlama yaxshi ta’minlangan, jangovar qobiliyat hamda tayyorgarlikka ega milliy armiyamiz shakllantirildi. Bular natijasida bugungi kunda Qurolli Kuchlarimizni tashkil etish va boshqarishning mutlaqo yangi tizimi vujudga keldi. Armiya saflarida Vatan uchun xizmat qilish har bir yosh yigitning qalb amriga, g‘ururu iftixoriga aylandi.

         O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

“Yoshlar qanoti”

  • Ko'rildi
    487
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+