Taraqqiyot strategiyasi loyihasi tadbirorlik sub’ektlarida ham muhokama qilinyapti

13.01.2022, 11:51

Taraqqiyot strategiyasi loyihasi tadbirorlik sub’ektlarida ham muhokama qilinyapti

Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida har bir soha va tarmoqlarda izchil islohotlar amalga oshirildi.

Endilikdagi islohotlarni «Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari» degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. Shu asosda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni imzolanishi kutilmoqda. Hozirda Farmon loyihasi keng jamoatchilik orasida muhokama qilinib, takliflar ilgari surilmoqda.

Unda milliy iqtisodiyotni, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish, mamlakatimizdagi mavjud resurs va imkoniyatlarni safarbar etgan holda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Haitov ham joylarda aholi vakillari bilan uchrashib, Farmon loyihasi bo‘yicha jamoatchilikka sodda tilda tushuntirishlar bermoqda.

A.Haitov Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanidagi “Bek nur klass” MChJda jamiyat xodimlari bilan o‘tkazgan uchrashuvida Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo‘nalishi – milliy iqtisodiyotni, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarni Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari doirasida boshlangan islohotlarning davomi sifatida baholash mumkinligini ta’kidlab, bu boradagi islohotlar haqida so‘z yuritdi.

Taraqqiyot strategiyasi asosida 2030 yilga borib, O’zbekiston jon boshiga hisoblaganda, aholi daromadlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin egallashi, bunga, avvalo, xususiy sektorni rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobidan erishish ko‘zda tutilayotgani uchrashuvda alohida tilga olindi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, soliq yukini kamaytirish, hammaga teng bo‘lgan biznes muhitini va zarur infratuzilma yaratish bo‘yicha boshlangan islohotlar qat’iy davom ettirilishi ta’kidlandi.

Ulug‘bek Ahmadaliyev boshchiligidagi mazkur tadbirkorlik sub’ekti 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosan paypoqlar ishlab chiqarilib, Rossiya davlatiga eksport qilinadi.

Aktam Haitov tadbirkorlik sub’ekti faoliyati, ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.

Shohsulton To‘xtamatov,

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar va

Mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri.

  • Ko'rildi
    768
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+