Beruniy, Nukus tumanlaridagi tomorqa va klasterlar faoliyati bilan tanishildi

Beruniy, Nukus tumanlaridagi tomorqa va klasterlar faoliyati bilan tanishildi

 Mamlakatimizda oziq ovqat xavfsizligini ta’minlash, yer maydonlaridan unumli va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida issiqxonachilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratila boshlandi.

Ayniqsa, aholi tomorqalarida yengil konstruksiyali  kichik hajmdagi issiqxonalarning keng miqyosda qurilishi, nafaqat mamlakatning eksport salohiyatini oshirishda, balki aholining qo‘shimcha daromad olishi va farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Haqiqatdan ham bu sohaga berilgan e’tibor, ichki bozorni meva hamda savzabot mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash va mamlakatning eksport salohiyatini ko‘tarishda muhim omil ekanligi qisqa muddatda o‘z isbotini topdi.

Oto-bobolarimiz tomorqa, mol, qo‘y, parranda parvarishlashni keng targ‘ib qilib, bejizga bu omillarni "Yetti xazina" sirasiga kiritmagan. Ma’lumki, tomorqa nafaqat oila a’zolarining ehtiyojlarini qondirish, balki qo‘shimcha daromad manbai hamdir.

Tomorqasidan samarali foydalanib kelayotgan oilaning dasturxoni doimo to‘kin, turmushi farovon bo‘ladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spiker o‘rinbosari, O'zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa  yer  egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov Nukus tumanidagi "Taqirko‘l" mahalla fuqarolar yig‘inida tomorqachilik bilan shug‘ullanadigan xonadonlarga tashrif buyurdi. 

 Partiya yetakchisi Aktam Xaitov mazkur mahallada istiqomat qiluvchi  Jonibek Sabirbayevning tomorqasi bilan yaqindan tanishdi. Xonadon egasining ta’kidlashicha, tomorqachilik bilan shug‘ullanib kelayotganiga uncha ko‘p bo‘lmagan.  Issiqxonani qurish uchun  "Agrobank" tuman filialidan 15 million so‘m imtiyozli kredit olib boshlagan.

 Xonadon sohibi tomorqadan har yili 50-60 million so‘m daromad olayapti. Bundan tashqari o‘z sohasi bo‘yicha Nukus shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida tinglovchilar uchun tomorqachilikdan saboq berib kelyapti. Tomorqachi Jonibekning rejalari hali bisyor. Faoliyatini yanada kengaytirishni niyat qilgan.   

Spiker o‘rinbosari xonadon egasining tomorqasi bilan yaqindan tanishar ekan, kamchiqimsiz uy sharoitida plyonkada mahsulotlar yetishtirish, mazkur xonadonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bilan birgalikda ko‘rgazmali seminarlar tashkil etish bo‘yicha qator takliflarni bildirib  o‘tdi.

Spiker o‘rinbosari tashrifi davomida Beruniy tumanida joylashgan  ko‘chatchilik markazi xizmati foaliyati va undagi ish o‘rinlari bilan tanishdi. Seminar davomida  ko‘chat parvarishi  va uni ekish, tumanlarga oliy navdagi ko‘chatlar yetkazish, yerga ishlov berish, tumanda aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Partiya yetakchisi  tumandagi  «Orzu tomorqa xizmati» MChJ da bo‘ldi. Tomorqa xizmatidagi sharoitlar, ish jarayoni va amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirilib, tomorqa xizmati foaliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha  bir qator takliflar berildi. 

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    186
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+