Buxorolik talabaning loyihasi tadbirkorlarda qiziqish uyg‘otdi

01.11.2017, 18:49

Buxorolik talabaning loyihasi tadbirkorlarda qiziqish uyg‘otdi

Buxoro viloyatida yigit qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ayniqsa talaba yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish, ularda vatanparvarlik xissini kuchaytirishga vakillik organlari imkoniyatlarini to‘liq safarbar etishga alohida etibor berilmoqda.

O‘zLiDeP viloyat va tuman (shahar) Kengashilari qoshida “Yosh liberallar” klublari tashkil etishdan asosiy maqsad ham nufuzli xalq vakillarining yetishib chiqishiga ko‘maklashishdan iboratdir.

Buxoro muxandislik-texnologiya instituti talabalari ishtirokida mahalliy Kengashlardagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari tushuntirildi, yoshlarni milliy g‘oyaga hurmat, mustaqil vatanimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun yetarli sharoit va imkoniyatlar yaratishda partiyaning asosiy vazifalardan biri ekanligi alohida takidlandi.

Tadbirda yoshlar O‘zLiDePning “Yosh liberallar” klubi hamda uning tarkibidagi “Kelajak deputatlari” va “Yosh tadbirkorlarning muammolarni o‘rganish” guruhlarining faoliyati bilan tanishdilar.

Deputatlar yigit-qizlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdilar. Shu kuni bir guruh talaba yoshlar partiya safiga qabul qilindilar hamda yoshlar istiqbolli loyihalarining taqdimotlarini o‘tkazishdi. 

- Hozirgi paytda mamlakatmiz yengil sanoati korxonalardagi ish jarayonlarini biroz bo‘lsa-da zamonaviylashtirish maqsadida yangi loyihamni ishlab chiqdim, - deydi mazkur oliy o‘quv yurti talabasi Bexruz G‘aybullayev. – Tadbirkorlarga katta qiziqish uyg‘otgan ushbu loyihamning afzalligi shundan iboratki, JI MI NI CAD dasturidan foydalangan holda tikilayotgan kiyimni andozalarga ajratishda kam harajat talab qilinib, yangi andozalarni turli shakllarda tavsiya etishda qo‘l keladi. Ushbu loyiha bugungi kunda “Shofirkon industrial teks” korxonasida keng tadbiq etilib o‘z samarasini bermoqda.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1691
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошонов Яздон Каттақўрғон туман Кенгаши раисинг биринчи ўринбоари - аппарат раҳбари.2019-01-21 08:26:20

Жуда эътиборга лойиқ иш бўлибди чунки тиббиёт ходимларининг иш шароитини яхшилаш бу халқимизга кўрсатилаётган тиббий хизматнинг самарадорлигини яна ҳам оширишга хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+