Deputatlar taxiyatoshlik ishsiz yoshlarning muammolarini tingladi

26.01.2022, 15:58

Deputatlar taxiyatoshlik ishsiz yoshlarning muammolarini  tingladi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan Taxiyatosh tumanidagi «Nurlы keleshek» MFYda “Deputat va yoshlar” mavzusida uyushmagan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi.

Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Sharapat O’temisov, Taxiyatosh tuman hokimi, tuman Kengashi deputati  Ilhom Matkarimov, Rashid Xidirbayev, hokim yordamchilari va yoshlar ishtirok etdi.

Muloqotda asosan bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, Yangi O’zbekistonni bunyod etishda yoshlarning o‘rni,  bugungi kunda yoshlarimiz  salohiyatining yuksalayotgani va siyosiy jarayonlarda ham mamlakatimiz yoshlarining faolligi ortib borayotgani xususida fikrlar almashildi.

Bundan tashqari yoshlarning ham muammo va takliflari tinglandi.  Jumladan, mazkur mahallada istiqomat qiluvchi yoshlardan D.Jumabayev kooperatsiya usulida inkubator olishini, M.Vepayeva subsidiya asosida tikuv mashinasini olib berishda, A.Kamalbayev esa yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash uchun o‘quv kurslari tashkil qilish maqsadida bo‘sh turgan bino ajratib berilishida yordam so‘rashdi.  

Ko‘tarilgan  muammolarning aksariyati bo‘yicha shu yerning o‘zida qonun doirasida tushuntirilgan bo‘lsa, ayrimlarini hokim yordamchilari bilan o‘rganib chiqishga va nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 Muloqot jarayonida bir qator faol yoshlarga partiya tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.   

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    216
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+