Mahallaning 64 nafar ayollari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

02.02.2022, 16:14

Mahallaning 64 nafar ayollari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O’zLiDeP Paxtaobod tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida tadbir tashkil qilindi. Tadbir onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, millat genofondini asrashga ko‘maklashish, ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini boyitish maqsadida tashkil etildi.

– O’zLiDeP uzoq yillardan buyon ayollarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga va shu orqali ularning salomatligini tiklashga ustuvor vazifa sifatida qarab kelmoqda, – deydi tumandagi 49-qishloq oilaviy poliklinikasi bosh shifokori, xalq deputatlari tuman kengashi deputati Mo‘‘tabarxon Nabijonova. – Tumanimimizda O’zLiDeP tomonidan xotin-qizlar salomatligiga bu kabi e’tibor qaratilayotganligi partiyaning nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Zotan, ayollar salomatligi sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirishning muhim shartidir.

Mazkur tadbirda tumandagi “Ziyoli”, “Gulobod” mahallasida yashovchi xotin-qizlarning 64 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Nogironligi bo‘lgan, keksa yoshdagi ayollarni tibbiyot xodimlari yashash uylariga borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.

  • Ko'rildi
    230
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+