Muqaddas dargoh

28.02.2018, 10:51

Muqaddas  dargoh

Oila — muqaddas dargoh. Har bir millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda uning o‘rni beqiyos. Zero, jamiyatning negizi hisoblanmish bu dargohda kelajak ulg‘ayadi, ertangi kunimiz egalari yosh avlod kamol topadi.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan “Oila – ma’naviyat bulog‘i” mavzuida tashkil etilgan tadbirda ayni shu jihatlar alohida e’tirof etildi.

Tadbirda oila — hayotning abadiyligini, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllarni qanday inson bo‘lib yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i ekani ta’kidlandi.

– Oila mustahkamligi, eng avvalo, turmush quradigan yoshlarning aql-zakovati, ma’naviy dunyoqarashi, jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyatini chuqur anglab yetishi kabi omillar bilan chambarchas bog‘liq, – deydi O‘zLiDeP Guliston shahar Kengashi apparat rahbari Lola Kenjayeva. – Shu bois bugun yangi bunyod etilayotgan oilalarda, avvalo, sog‘lom muhit va sog‘lom fikrni shakllantirish eng dolzarb vazifalardan sanaladi. Zotan, nikohning muqaddasligi, oilaviy munosabatlarda ota-onani ulug‘lash, farzandlar tarbiyasi, odob-ahloq, andisha, halollik asosiga qurish faqat sharqona hayot falsafasiga xos.

 Tadbirda yoshlarning nikohga oid tushunchalarini kengaytirish, qarindoshlar o‘rtasidagi erta nikohlarning oldini olish borasida targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Mubina RASULOVA,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyati

 Kengashi huzuridagi

siyosiy ta’lim markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2008
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

кто то2021-02-25 20:22:12

нет слоооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооооовь


Fikringizni qoldiring

+