O’zLiDeP “Ayollar qanoti” buloqboshilik chevarchiga mahsulotlarni sotish uchun do‘kon ajratib berdi

08.02.2022, 14:38

O’zLiDeP “Ayollar qanoti” buloqboshilik chevarchiga mahsulotlarni sotish uchun do‘kon ajratib berdi

Hurmatoy Qurbonaliyeva Buloqboshi tumanidagi “Qashqar” mahallasidagi Paxtaobod ko‘chasida istiqomat qiladi. Uyida chevarchilik bilan shug‘illanadi. Tadbirkorlikka ishtiyoqi baland. Oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida allaqachon biznes reja ham tayyorlab qo‘ygan. Biroq unga keyingi qadamlar uchun yo‘l-yo‘riq, maslahat, biroz suyanch kerak.

O’zLiDeP Buloqboshi tuman Kengashi tomonidan tuman hunarmandlar uyushmasi va “Qashqar” mahalla xodimlari bilan hamkorlikda “Bunyodkor ayol” loyihasi doirasida “O’zini o‘zi band qilish - tadbirkorlikning debochasi” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur tadbir hunarmand ayol Hurmatoy Qurbonaliyeva uchun qulay imkoniyat bo‘ldi.

Seminar davomida Hurmatoyning maqsadini tinglagan, biznes loyihasi bilan tanishib chiqqan mutasaddilar uni qo‘llab-quvvatladilar. Endilikda tadbirkor ayol “Mikrokreditbank”ning tuman filialidan ajratiladigan imtiyozli kredit va o‘z mablag‘i hisobiga oilaviy tadbirkorlikni boshlash arafasida.

Seminarda H.Qurbonaliyeva singari ishbilarmonlik muhitida o‘z o‘rnini topishga intilayotgan xotin-qizlar, yoshlar ham imtiyozli kredit olish yuzasidan bergan savollariga batafsil javob berildi.

Tadbirda shuningdek partiya “Ayollar qanoti”ning “Zamonaviy bunyodkor ayol – O‘zLiDePni tanlaydi”, “Sog‘lom oila – mustahkam oila”, “Farovon ayol” va “Bunyodkor ayollar” loyihalari hamda “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi haqida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

-Men o‘z tikkan mahsulotlarimni ichki bozorga olib chiqib sotishim uchun do‘kon kerak edi. Partiya vakillariga qilgan murojaatim ijobiy yechim topdi, - deydi H.Qurbonaliyeva. - Tuman dehqon va buyum bozoridan  tayyor mahsulotlarimni sotishim uchun savdo do‘koni olishga erishdim.

Tadbir so‘nggida qatnashchilar orasida qat’iyatli, shijoatli, izlanuvchan yoshlarning bir guruhi istiqbolli kadrlar zahirasiga olindi.

  • Ko'rildi
    285
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+