O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi va deputatlik guruhining kelgusidagi vazifalari belgilab olindi

09.02.2022, 11:17

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi va deputatlik guruhining kelgusidagi vazifalari belgilab olindi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi hamkorligidagi kengaytirlgan qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirishga oid davlat Dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashining “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va uni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuzildi.

Shu bilan birga, Taraqqiyot strategiyasining yettita yo‘nalishini o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib, belgilangan topshiriqlarning o‘z muddatida ijrosini ta’minlash maqsadida yana yettita kichik ishchi guruhlari tashkil etildi.

Shuningdek, O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi va deputatlik guruhining 2022 yil uchun ish rejasi tasdiqlanib, galdagi aniq vazifalar belgilab olindi.

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    286
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+