Partiya deputatlik guruhlari kelgusidagi vazifalarni belgilab oldi

14.02.2022, 14:52

Partiya deputatlik guruhlari kelgusidagi vazifalarni  belgilab oldi

O'zLiDeP Gurlan tuman Kengashi hamda Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashidagi O'zLiDeP depuatlik guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya viloyat kengashi raisi Islom Fayzullayev, apparat rahbari Shuxrat Atajanov va mas’ul xodimlar, viloyat Faxriylar kengashi a’zosi Amin Vapayevlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratildi.

Taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida qator vazifalar belgilab berilgan. Xususan, aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, sohadagi xususiy sektorning ulushini oshirish, farmatsevtikani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish vazifalari o‘rin olgan. Shuningdek, strategiyaning 3 yo‘nalishi partiyaning maqsad vazifalariga hamohang bo‘lib milliy iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni qamrab olgan. Bu partiya elktorati bo‘lgan tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatiga to‘liq xizmat qilishi qayd etildi.

Davra suhbatida so‘z olganlar strategiyaning mazmun-mohiyatini partiyaning qo‘yi bo‘g‘inlarida, mahallalarda partiya a’zolari bilan muhokama qilish hamda unda belgilangan ustivor vazifalar to‘g‘risida kengroq va atroflicha ma’lumotlar berish, mazkur tadbirlarda partiya a’zolari va faollarining, deputatlik guruhi a’zolarining faol ishtirok etishi zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, boshlang‘ich partiya tashkilotlarining hisobot-saylov yig‘ilishlari yuqori saviyada tashkil etish, mazkur muhim tadbirlarda tayanch nuqtalar ishini baholash, rais va ularning o‘rinbosarlarini saylash, BPTlardagi a’zolar hisobini qayta ko‘rib chiqish va a’zolar safini kengaytirish kabi vazifalarni keng qamrovli va sifatli amalga oshirish lozimligi e’tirof etildi va partiya tuman Kengashi apparat rahbariga va kengash a’zolariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

axborot xizmati

  • Ko'rildi
    295
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+