BPT sarhisobi: "Baxt supermarket" majmuasida aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi yanada yuksaladi

28.02.2022, 16:44

BPT sarhisobi:

Kitob  tumanidagi "Baxt supermarket" majmuasi boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasilan kelib chiqqan holda BPTning 2022 yildagi ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Ta’kidlash joizki, ushbu majmuada tikuvchilik, go‘zallik uyi, paynet, televizor, radio texnikalarni ta’mirlash bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ulardan 65 nafari partiya a’zolaridir. Ularning  24 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Hisobot davrida boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan O’zLiDeP tuman Kengashi bilan birgalikda bir qator tadbirlar o‘tkazilganligi, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amaliy ishlar olib borilganligi, kichik biznes sohasi vakillari safi kengayganligi hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berilganligi ta’kidlandi. Shuningdek, yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkilotining 2022 yilda amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan ishlar yuzasidan ham fikrlashildi.

Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkiloti va uning a’zolari tomonidan ko‘tarilgan muammolar va bildirilgan takliflarni O’zLiDeP deputatlik guruhi orqali yechish borasida takliflar aytildi. Ko‘pchilik ovoz bilan Abdusamad Qodirov boshlang‘ich partiya tashkiloti raisligiga qayta saylandi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    336
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+