O’zLiDeP deputati 10 nafar ayolni ishga joylashtirdi

09.03.2022, 17:12

O’zLiDeP deputati 10 nafar ayolni ishga joylashtirdi

O’zLiDeP Uzun tumani Kengashi deputatiga “Yangi yo‘l” mahallasida yashovchi xotin-qizlar ishga kirish uchun ko‘mak so‘rab murojaat qilgandi. Deputat S.Rajabova tezda ishga kirishdi. Sariosiyo tekistil fabrikasi rahbari va ish boshqaruvchisi bilan uchrashdi, fabrikaga mahalladagi ayollarni ishga olishlarini so‘radi.

Xayrli sa’y-harakat natija berdi va fabrika 10 nafar xotin-qizning bandligini ta’minladi.

— Uyda bekor o‘tirgandan ko‘ra, fabrikada ish boshlaganimdan ancha quvondim. Tikuvchilikdan xabarim bor. Harholda ishlasam, ro‘zg‘orimga ham yordam bo‘ladi. Deputat opaning ko‘magi men kabi mahalladosh ayollar uchun ham ayni muddao bo‘ldi, — deydi Rayhongul Pardayeva.

"Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi" loyihasi doirasida qilinayotgan bu kabi amaliy ishlar davom etmoqda.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    360
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+