Toyloqdagi qo‘shma korxona ishchi-xodimlari partiya a’zosi bo‘ldi

10.03.2022, 16:40

Toyloqdagi qo‘shma korxona ishchi-xodimlari partiya a’zosi bo‘ldi

O‘zLiDeP Toyloq tuman Kengashi faollari tumandagi “Ko‘ksaroy kamen” qo‘shma korxona faoliyati bilan tanishdi.

Oxirgi yillarda bu organik chiqindi qishloq xo‘jaligi sistemasida va asosan oziq-ovqat yetishtirish sanoatida keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Vermikompost humik va fulkiv kislotalar, makro va mikro ozuqalar, amino kislotalar va boshqa biologik faol moddalardan tashkil topgan. Shuning uchun ham uning turli hollarda qo‘llanishi, hosil miqdorini oshirmoqda va tuproqni minerativlik xususiyatlarni yaxshilamoqda.

Organik moddalar va hayvon chiqindilarining qayta ishlash va ularni bir biri bilan mutanosibligini taminlashning eng qulay usullaridan biri bu chuvalchang hazim sistemasidan foydalanishdir. Sifatli o‘g‘it olish uchun 1 metr kvadrat maydon uchun 15-25 mingta chuvalchangdan foydaliniladi. Agar sizning kompostingizda azot miqdori kam bo‘lsa unda kansentratsiyasi 5 % dan ko‘p bo‘lmagan machavina aralashtirish mumkin va bu, ozuqa vadarod ionlarining aktivligini ta’minlaydi.

Toyloq tumanidagi Muborak mahallasida yashovchi Zafar G’aniyev tadbrkorlikning noyob turlaridan biri biogumus yetishtirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini 2021 yilda boshlagan “Ko‘ksaroy kamen” qo‘shma korxonasi hozirgi kunda 4 kishini ish bilan band qilib kelmoqda.

Uchrashuv yakunida yurtimizda olib borilayotgan islohotlar va O‘zLiDeP g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan “Ko‘ksaroy kamen” qo‘shma korxonasi rahbari Zafar G’aniyev o‘z ishchilari bilan partiyaga a’zo bo‘lishdi.

Akmal Mirzoyev, 

O‘zLiDeP Toyloq tuman Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari–apparat rahbari.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    394
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+