“ANFA CLINIC” MChJda tashkil qilingan BPTning faoliyati sarhisob qilindi

11.03.2022, 17:03

“ANFA CLINIC” MChJda tashkil qilingan BPTning faoliyati sarhisob qilindi

Partiyaning boshlang‘ich tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari davom etmoqda.

Yunusobod tumanidagi “ANFA CLINIC” MChJda tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu quyi bo‘g‘in o‘tgan yil davomida bir qator amaliy ishlarga ham qo‘l urdi, partiya bilan doimiy hamkorlikda ishlab kelmoqda. Xususan, mazkur BPT tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlashga e’tibor qaratilib, 15 nafar yoshlar ishli bo‘ldi. Shuningdek, quyi bo‘g‘in tomonidan tadbikorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni muammoli masalalarini hal etish, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish,  ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, partiya a’zolarini ko‘paytirishda ham faollik ko‘rsatildi. Xususan, yoshlarni, ayniqsa uyushmagan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish masalalarida joylarda 21 ta ochiq muloqot, davra suhbatlari, tadbirlar tashkil etildi. Natijada 9 nafardan ortiq yoshlar o‘z biznesini ochib, faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Yig‘ilishda quyi bo‘g‘in tomonidan bu kabi amalga oshirilgan ishlar alohida e’tirof etildi. Ushbu ijobiy ishlarni amalga oshirishda O‘zLiDeP Yunusobod tuman Kengashi va deputatlarning hamkorligi muhim sanaladi. 35 nafar partiya a’zosini birlashtirgan mazkur tashkilotning 2021 yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti ijobiy baholandi. Shuningdek, Boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi va o‘rinbosari qayta saylandi.

Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda mazkur tayanch bo‘g‘inning joriy yildagi ish-rejasi tasdiqlab olindi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    409
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+