Deputatlik eshituvi: Andijon tumani elektr tarmoqlari korxonasi rahbari hisobot berdi

04.04.2022, 14:08

Deputatlik eshituvi: Andijon tumani elektr tarmoqlari korxonasi rahbari hisobot berdi

O‘zLiDeP Andijon tuman Kengashi deputatlik guruhining eshituvida tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari hisobot berdi.

Eshituvda deputatlar tumanning 2021 yil mobaynida aholi va ulgurji iste’molchilarni elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotini tingladilar.

Hisobotda aytilishicha, tumandagi mavjud quyidagi mahallalarda tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Mingo‘rik”, “Teraktagi”,  “Qo‘shchinor”, “Qo‘shqayrag‘och” va yana 33 ta MFY lardagi 65 dan ziyod ko‘chalariga  stolbalar o‘rnatildi.

-Andijon tumani “Chem” MFYdagi Asaka yo‘li va Gulshan ko‘chalariga 2 dona quvvatli 100 kVAdan bo‘lgan TP va 13 dona SV-95 rusumli beton tayanchlar va 1 km uzunlikdagi 10-04 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i qurildi, - deydi tuman TETK korxonasi direktor o‘rinbosari Akmaljon Imomov.    

Shuningdek, Andijon tumanining eng chekka hududi hisoblangan “Otchopar “MFY dagi ko‘chalarni elektr ta’minotini yaxshilash uchun 183 dona SV-95 va SV-110 rusumli beton tayanchlar o‘rnatildi va 6.6 km uzunlikdagi 10-04 kV kuchlanishli tarmoq qurish ishlari olib borildi. 

Andijon tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan aholi xonadonlarini elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich davom etmoqda. 

Hisobot davomida A.Imomov bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, loyihalar tez fursatlarda bajarilishini ta’kidladi. Deputatlar tomonidan mansabdor shaxsning hisoboti qoniqarli deb topildi.

  • Ko'rildi
    467
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+