O`zLiDeP vakillari bir guruh yoshlarning tadbirkorlik faoliyatlari bilan tanishdilar

07.04.2022, 15:11

O`zLiDeP vakillari bir guruh yoshlarning tadbirkorlik faoliyatlari bilan tanishdilar

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan "Tadbirkorlik haftaligi" doirasida joylarda yirik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo‘jaliklariga sayohatlar uyushtirilyapti.

Shirin shahrining Nurobod mahallasida hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi partiya vakillariga bir guruh yoshlarning tadbirkorlik faoliyatlari bilan tanishtirdi.

Mahallada Jahongir Xoliqov tashkil etgan “Nurobod vorislari” MChJ o‘zi singari 35-40 nafar oilaning ham ro‘zg‘orini obod qilayapti. Tadbir ishtirokchilari qariyb 1 gektarga yaqin maydonda tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan tanishishdi.

Yana bir tadbirkor “Bonu Javohir” MChJ rahbari Xudoyor Nuraliyev ham oila a’zolari va o‘zi singari 30-40 nafar mahalladoshlarini ish bilan ta’minlagan. Issiqxonada bodring, pomidor va ko‘katlar  yetishtiriladi. Mahalladan ortgani bozorga, talabgorlarga yetkaziladi. Ekin maydoni 90 sotixni tashkil etgan issiqxonadagi kunda-kunora hosili uzib olinayotgan bodring maydoni yoshlarni qiziqtirib qo‘ydi. Ular  ham hosilni uzishga ko‘maklashishdi.

Tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning ishlarini ko‘rib, eshitgan  yoshlar orasida bu sohaga qiziqqanlari ham bor edi. Mahallaning hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bo‘lg‘usi tadbirkorlarga ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

O`zLiDeP Sirdaryo viloyati kengashi

 matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    490
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+