Deputatlar bozorlardagi narx-navo barqarorligini nazorat qilmoqda

13.04.2022, 15:30

Deputatlar bozorlardagi narx-navo barqarorligini  nazorat qilmoqda

Prezidenitmiz tomonidan mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash borasidagi videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustivor vazifalarning ijrosini o‘rganish maqsadida O'zLiDeP Gurlan tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati U.Bazarbayev hamda tuman Kengashi deputatlari X.Tajimuratov, B.Saparbayevlar tuman dehqon bozorida bo‘lib, narx-navo barqarorligini o‘rgandilar. Xaridorlar va sotuvchilar, tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘lib ulug‘ ayyom kunlarida mahsulotlar narxlarini sun’iy oshirmaslik to‘g‘risida tavsiyalar berdilar. Ayniqsa, aholi ehtiyoji uchun birlamchi zarur bo‘lgan go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i, un va shakar mahsulotlarining narxlarini keskin oshirmaslik bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatilishini ta’kidladilar.

Bugungi kunda tuman dehqon bozori 151 825 aholiga 172 nafar tadbirkorlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Bozorning oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan 2,5 ming tonnalik sig‘imdagi muzlatgichida 62 tonna kortoshka, 47 tonna piyoz, 38 tonna sabzi kabi asosiy zarur mahsulotlar zahirasi mavjud. Mazkur mahsulotlar joriy yilgi hosil yetgunga qadar tuman aholisi ehtiyojlarini ta’minlashga va oziq-ovqat taqchilligining oldini olishga xizmat qiladi.

Xalq vakillari tadbirkorlar bilan suhbat jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarining arzon, sifatli va yetarliligi bugungi kunning eng muhim talabi va xalq roziligining asosiy omillaridan biri ekanligini, buni ta’minlash maqsadida so‘nggi yillarda oziq-ovqat, chorvachilik, meva-sabzavotchilik hamda qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini rivojlantirish uchun hukumat tomonidan turli xil qaror va farmonlar imzolanganligi va qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotganligi xususida o‘zaro fikr almashdilar.

Nargiza Karimova,

O'zLiDeP Gurlan tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    522
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+