Ishchi guruh xulosasi: Andijon tumani tom ma’noda yashil makonga aylanyapti

22.04.2022, 14:40

Ishchi guruh xulosasi: Andijon tumani tom ma’noda yashil makonga aylanyapti

“Yashil makon”, “Yashil yillik”  umummilliy loyiha va tadbirlari  Andijon tumanida qanday amalga oshirilyapti? Rejalashtirilgan ishlarning bajarilishi qoniqarlimi?

Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirishga oid davlat dasturining oltinchi ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha O’zLiDeP deputatlari, faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari “Istiqlol” MFYda bo‘lib o‘tgan muloqotda mutasaddilarga  ana shu kabi savollarni berdi.

Ma’lum qilinganidek, shu yil bahor mavsumida tumanda 789,9 mingta mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlari o‘tqazilishi mo‘ljallangan. Hozirgi qadar 792,8 ming tup nihol ekildi, boshqacha ifodalaganda,  reja 100,4 foizga bajarildi. E’tiborlisi,   ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish  tuman inspeksiyasi   tomonidan hududdagi deyarli barcha daraxt va nihollar “yashilmakon.eco” onlayn platformasiga kiritildi.

Ishchi guruh a’zolari – tuman kengashi deputati Nodirbek Malikov,  “Andijon parfum” MChJdagi BPT yetakchisi Dilshodbek Hakimov  ko‘chatlarni o‘tqazish bilan ish bitmasligi,  ularni asrash, parvarishlash kerakligi to‘g‘risida gapirishdi.  Bunga javoban mahalliy hokimlik va obodonlashtirish bo‘limi vakillari sug‘orish tizimlari ta’mirlanib, mavsumga shay qilib qo‘yilgani, ko‘chat ekilgan ayrim yangi joylarga suv quvurlari tortilayotgani, ichki ko‘chalarga o‘tqazilgan talay ko‘chatlar esa tabiatsevar yurtdoshlarimiz ixtiyoriga topshirilganini bildirdilar.   

Tuman hokimligi vakili faollarimiz e’tiborini quyidagi faktga qaratdi: “Do‘ngqishloq” MFY hududidagi adirliklarning 97,5 gektarida barpo etilayotgan “Yangi Andijon” shaharchasi yer maydonlariga 63 ming 200 tup pavlovniya daraxt ko‘chatlari ekilgach, tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatildi. Bu ishlarga "Ulug‘normaxsussuvpudrat'' MChJ  3 mlrd 39 mln so‘m xarjladi.

Muloqotdan so‘ng ishtirokchilar “Istiqlol”,”Obod” MFY hududlariga 200 tupdan ortiq ko‘chat o‘tqazishdi. Ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish, parvarishlash mazkur mahallalarda yashovchilar  va tuman obodonlashtirish bo‘limi zimmasiga yuklatildi.

Muyassar Umurzoqova,

O’zLiDeP Andijon viloyat kengashi xodimi

  • Ko'rildi
    251
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+