Xonobodda xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

27.04.2022, 13:40

Xonobodda xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Ra’noxon Sattarova baholi qudrat saylovchilar ishonchini oqlashda tashabbus ko‘rsatib kelmoqda.

Xalq noibining “Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilib kelayotgan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan, yolg‘iz ayollar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. 10 dan ortiq tor mutaxassislar ishtirok etgan mazkur tibbiy tadbirda 65 nafar ayollar ko‘rikdan o‘tkazildi.

  • Ko'rildi
    473
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+