Deputat navoiylik talaba yoshlar bilan suhbatlashdi

07.05.2022, 12:26

Deputat navoiylik talaba yoshlar bilan suhbatlashdi

Navoiy Davlat Konchilik institutida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Tulegenova ishtirokida “Millatlararo do‘stlik ko‘ngil rishtalarini mustahkamlash yo‘lidagi ezgu vazifa” mavzusida  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O’zLiDeP Navoiy viloyati jamoatchilik bilan aloqalar va mafkuraviy ishlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”ning 74-maqsadida ko‘zda tutilgan “Turli millat yoshlari uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini yuksaltirish”ga doir qator masalalarga to‘xtalindi.

O’zbek xalqining o‘zga millat vakillariga mehr va e’tibori, ayniqsa, urush yillarida yaqqol namoyon bo‘lgani ota-onasiz qolgan rus va boltiqbo‘yi mamlakatlari ukrain bolalari boshini o‘zbek oilalari silagani misolida  e’tirof etildi.

-Men ham shu turishimda O’zbekistonda millatlararo totuvlikning ramziman, deya olaman. Qozoq millatiga mansub bo‘lsam-da, shu yurtda tug‘ilib o‘sdim, shu yurt meni tarbiyaladi. O’zbekiston-mening Vatanim! O’ylaymanki, dunyodagi eng baxtli qozoq—o‘zbekistonlik qozoq bo‘lsa kerak, - deydi A. Tulegenova.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar aholining qaysi din va millat vakili bo‘lishidan qat’iy nazar bir-biri bilan to‘y-tantalari, urf-odatlarigacha birlashib, o‘zaro do‘stlik aloqalari allaqachon azaliy qadriyatlarga aylanib ulgurganini aytishdi.

Tadbir do‘stlik va birdamlik haqidagi she’rlar bilan davom ettirilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Tulegenova ishtirokchi talabalarni o‘zining mavzuga oid ijod namunalaridan bahramand etdi.

  • Ko'rildi
    431
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+