Kitob – ma’naviyat beshigi
12.05.2022, 17:55

O’zLiDeP Ellikqal’a tuman Kengashi tomonidan “Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi” mavzusida Ellikqal’a ixtisoslashtirilgan san’at maktabida uchrashuv tashkil qilindi.
Tadbirda Prezidentning 2022-2026 yilllarga mo‘ljallangan 7 ustuvor yo‘nalish va 100 maqsadni o‘z ichiga olgan “Taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, aholi o‘rtasida ma’naviy muhitni shakllantirish, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish ma’naviy ibrat bo‘lib xizmat qila oladigan, milliy g‘oya, jasorat va matonat ruhida tarbiyalashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimizning ta’sirchanligini kitob o‘qish orqali kuchaytirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Unda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, ayniqsa ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularni mustaqil fikr egasi sifatida har tomonlama komil inson bo‘lib tarbiya topishlariga ko‘maklashish har birimizning oldimizda turgan eng dolzarb vazifamizdir ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda maktab bitiruvchilari buyuk ijodkorlar asarlaridan o‘zlari sevgan shoirlarning she’rlaridan parchalar o‘qidi. Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Yoshlarning kitobga bo‘lgan mehrini yanada uyg‘otish maqsadida “Kitob bilim xazinasi” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi bilan davom etdi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Bosh qomusimizning Muqaddimasida yoshlar huquq va erkinliklarini aks ettirilishi biz uchun sharaf
27.06.2022, 18:02
-
“Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi
24.06.2022, 17:07
-
Yoshlarning huquq va burchlarini konstitutsiyaviy darajada aks ettirish lozim
20.06.2022, 18:10
-
Tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lgan 35 nafar gurlanlik yoshlar yirik ishlab chiqarish korxonalar faoliyati bilan tanishdi
20.06.2022, 16:34
-
Yoshlar konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida eng faol kuch
15.06.2022, 13:19
Fikringizni qoldiring